AsosiyJamiyat

Emlangandan so`ng koronavirusga chalinish holatlari uchrayotgani rostmi? — Mutaxassis javob berdi

'Emlangandan so`ng koronavirusga chalinish holatlari uchrayotgani rostmi? — Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangandan so`ng koronavirusga chalinish holatlari uchrayotganini eshitdim. Shu gap rostmi?

Savolga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i Dilorom Tursunova javob berdi.  

- Umuman olganda, hozirda koronavirus bilan emlangandan so`ng virusni yuqtirmaslikka 100% ishonch bilan javob berishi qiyin. Nafaqat ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, balki boshqa vaksinalar bilan emlangan fuqarolar o`rtasida ham kasallikni yuqtirish holatlari kuzatilmoqda. Biroq aynan emlangan fuqarolar kasallikning alomatlarini engil ko`rinishda o`tkazayotganlari qayd etilgan.

Koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan fuqarolar orasida virusni yuqtirish holatlari taxminan 0, 004% aholi orasida aniqlandi. Shu sababli inson uchun bebaho sog`liqni va umrini asrab qolish maqsadida vaksina olishni ilgari surmoqdamiz.  

Shuni ham aytib o`tish joizki, vaksinaning 1-dozasi bilan 2-dozasining oralig`ida emlangan fuqarolarda asosan virusni yuqtirish holatlari kuzatildi. Biroq 3-dozani qabul qilgan aholi o`rtasida virusga chalinganlar deyarli tasdiqlanmadi.

    Boshqa yangiliklar