AsosiyJamiyat

Andijonda katta miqdordagi pul evaziga Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Andijonda katta miqdordagi pul evaziga Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga o`zini mehnat migrasiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar