AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" xabari: O`zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelmoqda, harorat me`yordan yuqori bo`ladi

'"O`zgidromet" xabari: O`zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelmoqda, harorat me`yordan yuqori bo`ladi'ning rasmi

24-26 iyulda O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko`tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me`yorlardan 4-6° ga yuqori bo`ladi. Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho`l hududlarda 45-46° gacha isiydi.

25-27 iyulda respublika hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar