Kecha, 22 iyul kuni taxminan soat 00.30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko`chasida 1999 yilda tug`ilgan Xojiakbar L. ishonchnoma asosida “Matiz” (davlat raqami 01 L 697 SV) rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyoda – 1956 yilda tug`ilgan Shavkat B.ni urib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.
Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.






