AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 24/7 rejimda ishlovchi 360 gradusgacha aylana oladigan videokameralar o`rnatilmoqda

'Sirdaryoda 24/7 rejimda ishlovchi 360 gradusgacha aylana oladigan videokameralar o`rnatilmoqda'ning rasmi

Yangier shahrida  24 soat davomida fiksasiya qilish uchun 360 gradusgacha aylana oladigan videokameralarni o`rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda. 

Ushbu ishlar davlat rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan ilg`or loyihalardan bo`lgan "Xavfsiz va aqlli shahar" dasturi ijrosini ta`minlash va  sodir etilishi mumkin bo`lgan xuquqbuzarliklarning oldini olish, hamda shubhali shaxslarni nazoratda ushlash va ularni aniqlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Ushbu kameralardan biri "Toshkent-Dushanbe" M-34 xalqaro yo`lining "Paxtakor" ko`chasi bilan kesishgan qismida joylashgan svetofor joylashgan chorrahada o`rnatildi. Bu turdagi kuzatuv kameralari shahrimizdagi barcha chorrahalarga o`rnatiladi. Ushbu kameralardagi tasvirlarni kuzatib borish uchun shahar IIBda alohida xodim biriktirilib, nazorat olib borilib, aniqlangan qoidabuzarliklar yoki xuquqbuzarliklar bo`yicha zudlik bilan tegishli choralar ko`rib boriladi.

    Boshqa yangiliklar