AsosiyJinoyat

Olot tumanida fuqarolarga soxta arxiv ko`chirmalari yozib berilganligi aniqlandi

'Olot tumanida fuqarolarga soxta arxiv ko`chirmalari yozib berilganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman davlat arxivi mas`ul shaxslari 11 ta holatda fuqarolarga er maydoni ajratilganligi to`g`risida soxta arxiv ko`chirmalari yozib berganliklari natijasida fuqarolar tomonidan ushbu ko`chirmalar davlat xizmatlari markaziga taqdim qilinib, o`zboshimchalik bilan egallab olingan jami 1,65 ga er maydoniga qurilgan uy-joylarga asossiz mulk huquqi e`tirof etilib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar etkazilganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar