AsosiyJamiyat

Toshkentlik yigitlar noyob qushlarini otib o`ldirayotganligi aks etgan video tarqaldi (Video)

'Toshkentlik yigitlar noyob qushlarini otib o`ldirayotganligi aks etgan video tarqaldi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi garajlardan birida 3-4 yigit ov quroli bilan turumtoy qushlarini otib o`ldirayotganligi aks etgan video joylashtirildi. 

Davlat ekologiya qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qilishicha , videoda tasvirlangan holat 2020 yil sentyabr oyida sodir etilgan.  

Bunda noma`lum  shaxslar tomonidan ikki dona turumtoy qushlari pnevmatik qurol bilan otilganligi tasvirlangan.  

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilib, qonunbuzar fuqaro shaxsi aniqlangan.

Fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasiga asosan 1 mln 115 ming so`m jarima hamda hayvonot olamiga  etkazilgan zarar uchun 4 mln 446 ming so`m miqdorda ustama to`lov belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar