“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
AOKAda “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Adliya vazirligi va Biznes-ombudsman devoni mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Shuningdek, lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirishga qaratilgan va ilg`or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonun haqida batafsil ma`lumot berildi.
Mazkur Qonun tadbirkorlik sub`ektlariga keng qulayliklar yaratib, sohadagi byurokratik to`siqlar, korrupsiyaviy omillar va davlat organlarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga, lisenziyalash va ruxsat berish bilan bog`liq barcha jarayonlar to`liq raqamlashtirilishi orqali ularning shaffofligi ta`minlanishiga, lisenziyasiz, ruxsatnomasiz va vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyat amalga oshirilishining oldi olinishi va yuridik shaxslarning mas`uliyati yanada oshishiga qaratilgan.