18 iyun kuni Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi IIBga N.Yu. jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Fuqaro arizasida Shahrisabz tumani “Qo`shqanot” MFYda yashovchi uy bekasi N.S. yashash uyiga chaqirib, “boshingizda og`riq bor, yashash uyingizni eshigi tagida duo sepilgan, siz duoni etti marotaba bosgansiz, menga tilla taqinchoqlaringizni bering, duoni yo`qotib, narsalaringizni qaytaraman” deb aldab, jami 10.000.000 so`mlik tilla taqinchoqlarini olgan.
Oradan shuncha vaqt o`tsa-da tilla taqinchoqlarini qaytarmagach, Shahrisabz tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






