AsosiyJamiyat

Nega aynan o`zbek-xitoy vaksinasi? Xalq o`z puliga Evropa tan olgan vaksinalardan tanlashi mumkinmi?

'Nega aynan o`zbek-xitoy vaksinasi? Xalq o`z puliga Evropa tan olgan vaksinalardan tanlashi mumkinmi?'ning rasmi

O`zbekistonda nima uchun aynan o`zbek-xitoy vaksinasi ko`proq ilgari surilayapti? Xalq Evropa tan olgan vaksinalarni pullik o`zi tanlash olish imkonini yaratish mumkinmi?

Shushba savolga AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi. 

"Xitoyda aynan biz emlanayotgan vaksina bilan 100 milliondan ko`proq aholi emlangan. Hozirda dunyoda vaksina ishlab chiqarmoqchi bo`lgan davlatlar 170 ga yaqin. Lekin bugunga qadar dunyo miqyosida 14 ta vaksinani favqulodda holatlar bo`yicha qo`llashga ruxsat berilgan. Uladan faqat 6 tasiga JSST tavsiya bergan.  

O`zbekiston 12 ta vaksina ishlab chiqaruvchi davlatga rasman murojaat qilgan. Butun dunyoda vaksinaga ehtiyoj juda yuqori bo`lganligi uchun ishlab chiqarish jarayonlari quvvati etmayapti. O`zbekiston hozirda qo`llanilayotgan vaksinalardan tashqari boshqa vaksinalarni ham mamlakatga olib kelish bo`yicha harakat qilyapti.

Vaksina ishlab chiqarayotgan davlatlarning imkoniyatlari oshishi bilan bizda ham vaksinalarning soni va turi ko`payishi mumkin", - Otabekovning so`zlarini keltirmoqda "Darakchi" muxbiri Karimjon Zaripov. 

    Boshqa yangiliklar