AsosiyJinoyat

Uchko`prikda “Coca-cola”, “Pepsi” va “Fanta”larni yashirin ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi

'Uchko`prikda “Coca-cola”, “Pepsi” va “Fanta”larni yashirin  ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning  xabar berishicha, Uchko`prik tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “Coca-cola ichimligi Uzbekiston – LTD” MChJning murojaatiga asosan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro M.E.ning xonadonida yashirin sex tashkil qilgani, sanitariya va gigiena talablariga javob bermaydigan sharoitda “Coca-cola”, “Pepsi” va “Fanta” nomi ostida salqin ichimliklarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlangan. 

 Voqea joyidan tayyor mahsulotlar, bo`sh elim idishlar, rangli suyuqlik va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.

Boshqa yangiliklar