AsosiyJinoyat

Rishtonda mashina olib beraman deb 3.500 AQSh dollarni o`zi uchun sarflab yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Rishtonda mashina olib beraman deb 3.500 AQSh dollarni o`zi uchun sarflab  yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati bu haqda xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha,  2019 yilning noyabr oyida fuqaro G`.R. E.A.ning ishonchiga kirib, avtomashina olib berishini vada qiladi. 

 3.500 AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda IIV Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishidan, yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar