AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi

'Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi'ning rasmi

Avvalroq, internet ijtimoiy tarmog`ida Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirgan edi va holat yuzasidan poytaxt IIBB munosabat bildirib, holatga tegishli tartibda huquqiy baho berilishini ma`lum qilgan edi

Ayni  paytda IIBB Axborot xizmatining xabar berishicha Otajonov ustidan sudga murojaat qilingan. 

Ma`lum qilinishicha, J.Otajanovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o`tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo`qligini ta`kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. 

J.Otajanovning qilmishida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (“Haqorat qilish”)da ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to`plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.

Mavzuga doir:

Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi

 

    Boshqa yangiliklar