AsosiyJamiyat

Detektiv yozuvchi Safar Kattaboev 67 yoshida olamni tark etdi

'Detektiv yozuvchi Safar Kattaboev 67 yoshida olamni tark etdi'ning rasmi

Bu haqda  O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma`lum qildi.

  "Safar Kattaboevning "Tergovchi daftaridan", "Oriyatli daydi" va boshqa qator hikoyalari o`quvchilar tomonidan o`z davrida iliq kutib olingan.

U uzoq yillar prokuratura sohasida xizmat qilib, bir qancha shogirdlar tayyorladi.

 Yozuvchining "G`alati o`g`ri" qissasi xalqaro mukofotiga loyiq topilgan.  

  U 2019 yili respublika adovakatlari o`rtasida o`tkazilgan tanlovda "Eng yaxshi advokat" nominasiyasini qo`lga kiritgandi.

  Tinib-tinchimas, serg`ayrat, o`z tafakkur dunyosining xazinaboni Safar Kattaboevning yorqin xotirasi qalblarimizda yashaydi.",—deyiladi xabarda.

 

Boshqa yangiliklar