24 iyul kuni soat 17.30larda Shayxontoxur tumanida istiqomat qiluvchi Sh.I. ismli ayol o`z joniga qasd qilish maqsadida, ikki yashar farzandi va o`zini “Anhor” kanaliga tashlagan.
Buni ko`rib qolgan serjant Ravshan Axmadjonov tezkor harakati bilan cho`kayotgan ona va ikki yoshli go`dakni qutqarib qolgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lum qildi.
Fuqarolarga harbiy shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko`rsatilib, hozirda ularning sog`ligi yaxshi
va tibbiyot hodimlari nazoratida.
Mudofaa vazirligi III darajali serjanti Ravshan Axmadjonov ko`rsatgan mardligi uchun rahbariyat tomonidan munosib rag`batlantirilgan.






