AsosiyJinoyat

Qo`qonda jiyan ammasining mol-mulkini o`mardi

'Qo`qonda jiyan ammasining mol-mulkini o`mardi'ning rasmi

Joriy yilning 19 iyul kuni Mirishkor ko`chasida yashovchi P.R. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 1.500.000 so`mlik “Samsung” rusumli televizor va 2.000.000 so`m pullarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi P.R. ismli ayolning birga yashovchi jiyani P.S. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga qayta malakalangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar