AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 46 daraja issiq bo`ladi, faqat ikkita hududda harorat pasayadi

'Bugun O`zbekistonda 46 daraja issiq bo`ladi, faqat ikkita hududda harorat pasayadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida issiqning biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo harorati 41-44° gacha, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 45-46° gacha, Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida 35-40° gacha isiydi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda issiq bo`ladi. Shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 41-43° ni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar