Hududlarda joylashgan barcha dehqon bozorlarida birlamchi mahsulotlar sifati qat`iy nazoratga olinib, muntazam ravishda veterinariya laboratoriyalari tekshiruvlaridan o`tkazilmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi xabar bermoqda.
Malum qilinishicha, o`tgan bir hafta mobaynida Andijon viloyatidagi dehqon bozorlariga keltirilgan 119334 kg qoramol go`shti, 16977 kg qo`y go`shti, 29157 kg parranda go`shti, 569161 dona tuxum, 1870 kg asal, 16751 kg sut va sut mahsulotlari, 726012 kg o`simlikka mansub mahsulotlar hamda 643356 kg poliz ekinlari mahsulotlari veterinariya ko`rigidan o`tkazildi.
Shuningdek, tekshiruvlar davomida 100 kg chorvachilik mahsulotlari, 39 dona tuxum, 179 kg sut va sut mahsulotlari hamda 295 kg o`simlikka mansub mahsulotlar iste`molga yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda zararsizlantirildi.






