"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabariga eo`ra, 2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, bugun 26 iyul kuni "Hududgaz Poytaxt" GTFning Chilonzor tumani, past bosimli er usti gaz quvurini tartibga solish ishlari olib boriladi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu sababli filialning "Chilonzortumangaz" gaz ta`minoti bo`limi tomonidan 26 iyul kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar "3- Katta Chilonzor" mahallasidan o`tgan er usti D - 76 mm past bosimli gaz quvurini boshqa joyga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan.
Soat 11:00 dan 17:00 ga qadar "3- Katta Chilonzor" ko`chasidagi xonadonlarda va ulgurji iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`ramoqda.






