AsosiyJamiyat

MIB bu yil o`tgan yilga nisbatan ikki barobar ko`proq "ishladi"

'MIB bu yil o`tgan yilga nisbatan ikki barobar ko`proq "ishladi"'ning rasmi

MIBda joriy yilda undiruv ko`rsatkichi o`tgan yilning shu  davriga nisbatan  6,3 trln so`m yoki 2 barobarga o`sdi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo`latov ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, mavjud qarzdorliklar, respublikadan chetga chiqishga qo`yilgan taqiqlar bo`yicha ma`lumotlarni olish, shu jumladan ijro ishi jarayonini “onlayn” rejimda kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta`minot “MIB.UZ” mobil ilovasi joriy etildi. Bundan tashqari:

  • ijro jarayonida tashqi aralashuvlarning oldini   olish maqsadida, “MIB-Portal” dasturiy ta`minoti  orqali “Aqlli  yordamchi” (Umny pomoshnik) loyihasi ishga tushirildi;
  • yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi joriy etilganidan buyon Byuroda 182 mlrd. so`m mablag`lar  tejaldi;
  • amalda undiruv ko`rsatkichi o`tgan yilning shu  davriga nisbatan  6,3 trln so`m yoki 2 barobarga o`sdi.

Birgina, davlat foydasiga 4,9 trln. so`m mablag` undirilib, bu boradagi ko`rsatgich 2,7 barobarga oshdi. Xxuddi shunday, soliq qarzdorligi bo`yicha byudjetga  4,1 trln so`mlik undiruv amalga oshirildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar