AsosiyJamiyat

Afg`oniston bilan chegarada palatkalar shaharchasi qurilmayapti — DXX Chegara qo`shinlari

'Afg`oniston bilan chegarada palatkalar shaharchasi qurilmayapti — DXX Chegara qo`shinlari'ning rasmi

DXX Chegara qo`shinlari Afg`oniston bilan chegara hududda qochoqlar uchun palatkalar shaharchasi qurilayotgani haqidagi xabarni rad etdi. Shuningdek, Chegara qo`shinlari afg`on harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar ko`ngillilari iyun oyida O`zbekiston chegarasini qay tarzda kesib o`tishganini ham ma`lum qilishdi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi

Iyul boshida Eurasianet hukumat kuchlari va «Tolibon» o`rtasidagi janglar bo`lib o`tayotgan Afg`onistonning chegaradosh hududlaridan qochqinlar oqimi kirib kelishi kutilayotgani munosabati bilan O`zbekistonning Surxondaryo viloyati Termiz shahri yaqinida palatkalar shaharchasi qurilgani haqida xabar bergan edi.

23 iyul kuni DXX Chegara qo`shinlari qo`mondonining birinchi o`rinbosari Bahodir Musurmonqulov imzolagan xatda qayd etilishicha, Afg`oniston bilan chegara oldi hududlarda «hech qanday palatkalar qurilayotgani yo`q». Bundan tashqari, DXX Chegara qo`shinlarining ma`lumotiga ko`ra, 2021 yilda Afg`onistondan birorta ham qochoq O`zbekiston chegarasini kesib o`tmagan.

«Davlat chegarasini buzib o`tgan shaxslar Davlat chegarasi buzuvchilari sifatida qo`lga olingan va ularga nisbatan O`zbekiston qonunchiligiga asosan tegishli choralar ko`rilgan», — deyiladi xatda.

Avvalroq, O`zbekiston TIV 23 iyun kuni 53 nafar afg`on chegara qo`shinlari va mahalliy jangarilar Afg`onistondan O`zbekiston hududiga qurol bilan o`tganini ma`lum qilgan edi. Shundan keyin 27 iyun kuni yana 44 nafar afg`on askarlari, bir kun avval esa — 3 nafar Afg`oniston kuch ishlatar tuzilmalari a`zosi O`zbekiston chegarasini buzishgani ma`lum bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar