AsosiyJamiyat

O`zbekistonga ertadan salqin havo oqimi kirib keladi —"O`zgidromet"

'O`zbekistonga ertadan salqin havo oqimi kirib keladi —"O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometerologiya xizmatining xabar berishicha, bugun O`zbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari 41-44° ni, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 45-46° gachani tashkil etadi.

Ertadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga g`arbiy Qozog`iston orqali Volga bo`yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40°, ba`zi joylarda janubda 42° gacha, shimolda 34-37° atrofida bo`ladi.

Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35° ni tashkil etadi va me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi, ba`zi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo`lgan o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-3° past bo`ladi.

Bugun va ertaga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Boshqa yangiliklar