Zangiota-1 maxsus shifoxonasi direktori Anvar Husanov aholiga murojaat bilan chiqdi.
Uning so`zlariga ko`ra shifoxonada vaziyat og`ir. Bemorlar o`ta og`ir ahvolga tushgandan keyin olib kelinmoqda.
"Bugungi kunda er yuzida koronavirusni yana kuchayishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga yurtimizda ham. Ming afsuski, shifoxonamizga og`ir va o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar murojaat qilyapti. Ularning aksariyati uyida shifokor bo`lmaganlardan, qolaversa internetdan qanaqadir dori-darmonlar, antibiotiklar bilan davolanib o`ta og`ir ahvolda bizga olib kelinmoqda. Jonlantirish bo`limida biz davo muolajalarini qilmoqdamiz. Ammo ko`p hollarda o`ta og`ir ahvoldagi bemorlarni hayotini saqlab qola olmaslik holatlari ham ko`paymoqda. Hurmatli vatandoshlar, agar ushbu kasallik, koronavirusni birinchi belgilarini sezganingizda darhol shifokorga murojaat qilishingizni so`rayman",–deydi shifokor.






