So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida dori vositalari tanqisligi kuzatilayotgani, shifokorlar tomonidan bemorlar qo`liga dori reseptlari yozib berish holatlari uchrayotgani haqida turli asossiz va noto`g`ri ma`lumotlar tarqaldi. Aytish mumkinki, bu xabarlar keng jamoatchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi.
Zangiota-1 maxsus shifoxonasi direktori Anvar Husanov ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan bu kabi xabarlarni rad etdi.
"Koronovirus bilan kasallanib, u bilan kurashganlar virusning nechog`li xavfli ekanligini yaxshi tushunadi. Har bitta harakatingiz shifokorlar nazoratida bo`lishi shart. Ammo shu kunlarda tarqayotgan mish-mishlar kishini tobora xavotirga soladi. Shu vaqtda aniq axborotga ishoning. O`zingizcha yo`l tumang. Mish mishlarga ishonmang. Dori vositalari tugab qolmagan. Zahira etadi",–dedi Anvar Husanov.






