AsosiyJamiyat

Senatning o`n ettinchi yalpi majlisini 30 iyul kuni chaqiriladi

'Senatning o`n ettinchi yalpi majlisini 30 iyul kuni chaqiriladi'ning rasmi

Bugun, 26 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ettinchi yalpi majlisini 2021 yil 30 iyul kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash to`g`risida”gi, “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi va boshqa O`zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar to`g`risidagi masala ko`rib chilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash bo`yicha parlament nazoratini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to`g`risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash, Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo`yicha reyting tizimini joriy etish, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasining 2020 yildagi va 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati to`g`risidagi hisoboti va boshqa masalalar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar