Endilikda hududiy ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarining umumiy o`rinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ bo`limlari 50 o`ringacha etkaziladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shu bilan birga, ushbu bo`limlar uchun yangi dializ apparatlari va sarflash vositalari xarid qilinishi ko`zda tutilmoqda.
Qolaversa, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab oliy tibbiyot ta`lim muassasalarida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyati yo`lga qo`yiladi.
Mazkur qarorda, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo`yicha ham bir qator muhim vazifalar belgilangan.






