AsosiyJinoyat

Namanganlik er o`z xotinini rashk qilib o`ldirdi

'Namanganlik er o`z xotinini rashk qilib o`ldirdi'ning rasmi

23 iyul kuni soat 01:40 larda, Norin tumanida yashovchi 1980 yilda tug`ilgan fuqaro 1987 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`ining chevarxonasiga mast holatda borib, «Sen nega boshqa yigitlar bilan telefonda gaplashyapsan»-deb, uni rashk qilib, o`zaro janjallashgan.  So`ng qo`lida bo`lgan osh pichoq bilan o`ng bilak sohasi va chap ko`krak sohasiga urgan.
Natijada, ayol og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabarbermoqda.

Ushbu holat bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar