Avval xabar qilganimizdek, 23 iyul kuni taxminan soat 13.15 da 4 nafar noma`lum shaxslar Oltintepa ko`chasidagi do`konga kirib, 26 yoshli sotuvchi Xumoyun I.ga pichoq bilan tahdid qilib mobil telefon va 4.000.000 so`m pulni olib, voqea joyini tark etishgandi.
Ko`rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.lar ekanliklari ma`lum bo`lgandi. Dastlab, 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo`lga olinganlar. Shuningdek, 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.larni qo`lga olish choralari ko`rilayotdandi.
Ayni paytda Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e`lon qilingan Kamilov Aleksey Tursunbaevich va Shamov Dmitriy Vyacheslavovich ham qo`lga olingan.
"Ularni turar joyini aniqlashda ko`maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi xabarda.






