AsosiyJamiyat

Asossiz qamalganligi aytilayotgan farg`onalik mahkum haqida bayonot berildi

'Asossiz qamalganligi aytilayotgan farg`onalik mahkum haqida bayonot berildi'ning rasmi

«Facebook» ijtimoiy tarmog`ida M.Meliboev jinoyat sodir etganlikda asossiz ayblanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Farg`ona viloyati prokuraturasining aniqlanishicha, JIB Farg`ona viloyat sudining 02.03.2016 yilgi hukmiga ko`ra, M.Meliboev JKning 25, 118-moddasi 4-qismi (o`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegishga suiqasd qilish) bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qo`llab, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.  

Shaxsni sha`ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma`lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida ish yopiq sud majlisida ko`rilgan.

JIB Farg`ona viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 29.03.2016 yildagi ajrimi bilan sud hukmi o`zgarishsiz qoldirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasining 07.05.2021 yildagi ajrimi bilan sud qarorlari o`zgarishsiz qoldirilgan.  

O`zbekiston Respbulikasi JPKning 498-moddasiga ko`ra, hukmni bekor qilish yoki o`zgartirish asoslari mavjud bo`lganda kassasiya instansiyasi sudining qarorlari kassasiya tartibida qayta ko`rilishi mumkinligi ko`rsatilgan.

Shunga ko`ra, mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili va JPKning 499-moddasida nazarda tutilgan boshqa kassasiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo`lgan shaxslar belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin, deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar