AsosiyJamiyat

1 iyulda 78 nafar nomzod “El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiati bo`ldi

'1 iyulda 78 nafar nomzod “El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiati bo`ldi'ning rasmi

“El-yurt umidi” jamg`armasi tomonidan ilk marotaba bakalavriatga 100 o`rin, magistratura va doktoranturaga esa oldingi yillarga nisbatan 5 barobar ko`p o`rin ajratish tashabbusi e`lon qilindi.  Bu haqdagi fikrlar  El-yurt umidi” jamg`armasi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.

 

Ma`lum bo`lishicha, jamg`armaning barcha ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklar bo`yicha 350 o`ringa mo`ljallangan navbatdagi stipendiya tanlovlari joriy yil aprel-iyun oylarida o`tkazilgan. Tanlovga qo`yilgan 350 o`ringa 3810 nafar nomzod ariza bergan bo`lib, Jamg`arma talabiga to`liq javob bergan (xorijiy tilni CEFR B2 darajada o`zlashtirgan va xorijiy ta`lim muassasasiga o`qishga qabul qilingan) jami 196 nafar nomzod tanlovlarda ishtirok etgan.  

 

Tanlov natijalariga asosan, “El-yurt umidi” jamg`armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko`ra, joriy yil 1 iyulda 78 nafar nomzod Jamg`arma stipendiati deb e`tirof etildi.

 

Jami 78 nafar stipendiatning 37 nafari AQSh, 21 nafari Buyuk Britaniya, 4 nafardan Germaniya va Italiyaga, 3 nafar Kanada, 2 nafardan Belgiya va Rossiyaga, 1 nafardan Avstraliya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya va Malayziya davlatlariga to`g`ri keladi. Stipendiatlarning 31 nafari bakalavriat, 38 nafari magistratura va 9 nafari doktorantura ta`lim dasturlariga to`g`ri kelmoqda.

Boshqa yangiliklar