AsosiyJamiyat

Tezkor! Bu yil test topshiriqlari soni qisqartirildi

'Tezkor! Bu yil test topshiriqlari soni qisqartirildi'ning rasmi

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo`ldi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Bunda:

- birinchi bo`limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o`zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O`zbekiston tarixi fanlarining har biriga

10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

- ikkinchi bo`limdagi abiturient tanlagan bakalavriat ta`lim yo`nalishiga

mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari

va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

- majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityrient tanlagan bakalavriat

ta`lim yo`nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball

belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar