Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida, 2021 yilning 31 iyuldan boshlab, "Toshkent – Nukus – Toshkent" yo`nalishida 154/153 sonli qo`shimcha yo`lovchi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma`lum qildi.
Harakat jadvaliga ko`ra "Toshkent – Nukus" yo`nalishidagi 154 - sonli yo`lovchi poezdi har haftaning shanba kuni soat 20:13 da Toshkent janubiy temir yo`l vokzalidan,
"Nukus – Toshkent" yo`nalishidagi 153- sonli yo`lovchi poezdi har haftaning yakshanba kuni soat 18:40 da Nukus temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.






