AsosiyJamiyat

Kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan fuqarolar OTMning sirtqi va kechki ta`lim shakliga suhbat natijalariga ko`ra qabul qilinadi

'Kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan fuqarolar OTMning sirtqi va kechki ta`lim shakliga suhbat natijalariga ko`ra qabul qilinadi'ning rasmi

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan fuqarolarni 2021-2022 o`quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta`lim shakliga suhbat natijalariga ko`ra tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga tavsiya etish huquqiga ega bo`lgan vazirlik, idora va yirik xo`jalik birlashmalarining ro`yxati tasdiqlandi.  

Bunda:

— vazirlik, idora va yirik xo`jalik birlashmalari 2021/2022 o`quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

— vazirlik, idora yoki yirik xo`jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo`lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo`jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

— suhbat natijalariga ko`ra sirtqi va kechki ta`lim shakliga o`qishga tavsiya etilgan talabgorning o`qishi (sirtqi ta`lim shakli uchun 5 yil, kechki ta`lim shakli uchun 4 yil) uchun to`lov-kontrakt mablag`lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo`jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to`lab beriladi.

    Boshqa yangiliklar