Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Buyuk Ipak Yo`li” metrosiga olib boruvchi er osti yo`lagining tepa qismidan suv oqib tushayotgan videosi tarqalib kelmoqda. “Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, mazkur er osti o`tish yo`lagi Toshkent metropoliteni tasarrufiga kirmaydi. Mazkur sun`iy inshoot Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumani hokimligiga qarashli.
Undan foydalanish bilan bog`liq tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ushbu tashkilot tomonidan amalga oshirilishi lozimligini ma`lum qilamiz.






