AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 ta "Mercedes-Benz" va "Nissan" ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 2 ta "Mercedes-Benz" va "Nissan" ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha,  27 iyul kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Abdulla Qodiriy ko`chasida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bir yo`nalishda oldinma-ketin harakatlanayotgan:

1) haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan O.M. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli;

2) haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan S.X. boshqaruvidagi yana bir "Mercedes-Benz" rusumli;

3) haydovchi, 1975 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi "Nissan" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar