O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 28 iyul kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat nisbatan pasaydi va 33-38° ni tashkil etadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° ni tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.






