AsosiyJamiyat

Abiturientlarga test uchun to`lov qilish muddati 1 kunga uzaytirildi

'Abiturientlarga test uchun to`lov qilish muddati 1 kunga uzaytirildi'ning rasmi

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O`zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan, biroq belgilangan to`lovni amalga oshirmagan abiturientlarga bir ish kuni ichida tegishli to`lovni amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda DTM xabar qilmoqda. 

Bunda mazkur toifadagi abiturientlar 28 iyul kuni 18:00 ga qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu bilan to`lov muddati faqat ijodiy imtihoni bor yo`nalishga topshirganlar uchun uzaytirilgan. 5 ta fandan test topshiriladigan yo`nalishlarga ro`yxatdan o`tgan va to`lovni amalga oshirishga ulgurmaganlar uchun to`lov muddati uzaytirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar