AsosiyJamiyat

Minglab jurnalistlarning ustozi, matbuot jonkuyari Boybo`ta Do`stqoraev vafot etdi

'Minglab jurnalistlarning ustozi, matbuot jonkuyari Boybo`ta Do`stqoraev vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari nomzodi, dosent, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, ustoz jurnalist Boybo`ta Do`stqoraev vafot etdi. 

Bu haqda xabar qilgan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati uyushma jamoasi nomidan ustozning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Boybo‘ta Do‘stqorayev 1942-yil 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Oqto‘nli” qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlab, umrini jurnalist kadrlar tayyorlashga hamda milliy matbuot tarixini izchil o‘rganishga bag‘ishlagan.

Boybo‘ta Do‘stqorayev O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi” kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2002-yil Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan.

Biz ham ko`p sonli jurnalistlar va "Darakchi" tahririyati nomidan minglab jurnalistlarning ustozi Boybo`ta Do`stqoraevning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. 

    Boshqa yangiliklar