Bugun, 28 iyul kuni soat 06:15da Muzrabot tumani “Yurtim jamoli” MFYda joylashgan “Qora marvarid” MChJga qarashli Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “UAZ” rusumli avtomobilga o`rnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo`q
Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.






