Akademik liseylarga kirish imtihonlari joriy yilning 26-28 avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilonlarda o`tkaziladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.
Ma`ulm qilinishicha, kirish imtihonlari zaruriyatga ko`ra ikki smenada o`tkazilishi mumkin.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, mazkur kirish imtihonlari bilan bog`liq o`zgarishlar bo`lganda, vazirlikning rasmiy veb-sayti ehamda telegram kanali orqali qo`shimcha ma`lumot e`lon qilinadi.
Shuningdek, akademik liseylarga 2021/2022 o`quv yili uchun hujjat topshirish istagida bo`lgan, ma`lum sabablarga ko`ra hujjat topshirishga ulgurmaganlar uchun 10 kun davomida onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali belgilangan hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratildi.
Akademik liseylarga o`quvchilarlardan hujjatlarni qabul qilish joriy yil 29 iyuldan boshlanib, 7 avgust (shu kuni ham) kuni soat 24:00 ga qadar davom etadi.
Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz va o`zgartirishlar kiritishingiz mumkin, deyiladi xabarda.