AsosiyJamiyat

Samarqandda bir uydan chiqqan yong`in kuchli shamol sabab yana 4 ta xonadonga o`tib ketdi

'Samarqandda bir uydan chiqqan yong`in kuchli shamol sabab yana 4 ta xonadonga o`tib ketdi'ning rasmi

26 iyul kuni soat 14:58da Samarqand shahar Shohizinda ko`chasidagi 242-uyda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, olingan xabarga asosan yong`in joyiga 5 ta YoQElari jalb etilgan. Yong`in joyiga birinchi YoQE soat 15:04 etib borganda, 5 ta xonadonning taxminan 200 m. kv maydonda shift va tom qismi xamda uy jixozlari yonayotgan bo`lgan.  Yong`in kuchli shamol natijasida tezda katta maydonga tarqalgan. Tezkor xarakatlar natijasida yong`in soat 15:39 da o`rab olinib, soat  17:00 da o`chirilgan.  

Yong`inda jarohat olganlar yo`q.  

Yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar