AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda pandemiya boshlangandan buyon kunlik rekord o`rnatildi

'Koronavirus: O`zbekistonda pandemiya boshlangandan buyon kunlik rekord o`rnatildi'ning rasmi

Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 843 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 556 nafarga etdi, 8 nafar bemor vafot etdi va bu bilan antirekord o`rnatildi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

2021 yil 27 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-80 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-21 nafari Andijon viloyatida,

-21 nafari Buxoro viloyatida,

-89 nafari Jizzax viloyatida,

-24 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-18 nafari Navoiy viloyatida,

-31 nafari Namangan viloyatida,

-85 nafari Samarqand viloyatida,

-27 nafari Sirdaryo viloyatida,

-95 nafari Surxondaryo viloyatida,

-75 nafari Farg`ona viloyatida,

-56 nafari Xorazm viloyatida,

-98 nafari Toshkent viloyatida,

-123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 121145 (+825) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar