Kompaniyaning ma`lum qilishicha, ayni paytda barcha mamlakatlar avtomobil sanoati yarimo`tkazgichlarning global tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan og`ir davrlarni boshdan kechirmoqda. Hatto iikrochiplarning kam ishlab chiqarilishi natijasida bir qator yirik avtomobil zavodlari to`liq yopilgan.
“UzAuto Motors” kompaniyasi xalqaro muammolarni bartaraf etishiga erishgan bo`lishiga qarmasdan, ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan va oqibatda yangi avtomobillarning etishmovchiligi kuzatilmoqda.
Ushbu salbiy oqibatlar mamlakatda avtomobillarni sotish hamda sotib olishning noqonuniy yo`llarini keltirib chiqargan.
Yaqinda sotuv tizimi yordamida bir shaxs tomonidan avtomobillarni sotib olish uchun 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarining tuzilganlik holatlari aniqlangan.
O`rganishlar shuni ko`rsatganki, bunday shaxslar yuzaga kelgan holatni o`z biznesiga aylantirib, navbatini kutishni xohlamaydigan shaxslarga o`z navbatini imtiyozli berish maqsadida shartnomalar tuzishgan.
- “UzAuto Motors” hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mijozlarning shaxsiy murojaatlari va shikoyatlarisiz na tezkor chora-tadbirlar ko`rish, na jinoiy ish bo`yicha tergov olib borish huquqiga ega emas.
Eslatib o`tamiz, joriy yilda kompaniyaning ishonch telefon raqamlari va call-center xizmatiga "shapka"ga oid birorta ham shikoyat kelib tushmadi. Shuningdek, Huquqni muhofaza qilish organlariga ham bunday murojaat bo`lmagan.
Noqonuniy bitimlar tuzishda qatnashgan har bir ishtirokchi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu hodisa haqida Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki kompaniyaning call-center xizmatiga xabar berish har bir fuqaroning burchidir.
“UzAuto Motors” kompaniyasi yangi avtomobillarni sotish va sotib olishning barcha noqonuniy yo`llarini oldini olish uchun savdo ma`lumotlar bazasini Davlat yo`l harakati xavfsizlik xizmati inspeksiyasining yangi avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazish bazasi bilan sinxronlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi ko`magidagi hamkorlikni o`zida aks ettirgan ushbu loyiha o`sha noqonuniy boyish tizimi paydo bo`lishining oldini oladi va avtomobilni olishda navbatni berishning imkonsizligini ta`minlaydi.
Agar siz avtomobil sotib olish jarayonida tamagirlik yoki korrupsiyaning boshqa turlari bilan to`qnashsangiz, xususan u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo`qligi kuzatilsa, Sizdan zudlik bilan “UzAuto Motors” kompaniyasi call-center markazining telefoni 78 141 – 77 -77 yoki O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga qo`ng`iroq qilishingizni so`rab qolamiz, deyiladi kompaniya xabarida.






