AsosiyJamiyat

Toshkentda 17 yoshli piyoda “Nexia-2” urib ketishi natijasida vafot etdi

'Toshkentda 17 yoshli piyoda “Nexia-2” urib ketishi natijasida vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko`chasida 1993 yilda tug`ilgan Sardor X. “Nexia-2” (davlat raqami 10 V 568 VA) boshqarish davomida yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

YTH oqibatida piyoda - 2004 yilda tug`ilgan Amir T. badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildi, ammo tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko`z yumgan.

Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar