AsosiyJinoyat

5 000 dollar evaziga Jismoniy tarbiya universiteti filiallaridan biriga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan talaba va uning sherigi qo`lga tushdi

'5 000 dollar evaziga  Jismoniy tarbiya universiteti filiallaridan biriga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan talaba va uning sherigi qo`lga tushdi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Bag`dod tuman bo`limi tomonidan DXXning Farg`ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirdan  ma`lum bo`lishicha, Qo`qon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg`ona filialiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda qo`lga olinadi.

Uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Qo`qon pedagogika institutning sirtqi bo`limi bosh mutaxassisi X.B. talaba Z.A. dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda." - deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar