AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev mas`ullarga topshiriq berdi: endilikda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga 2 tadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi

'Shavkat Mirziyoev mas`ullarga topshiriq berdi: endilikda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga 2 tadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev videoselektor davomida Oliy ta`lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda viloyat hokimlariga bir qator topshiriq berdi. Unga ko`ra, har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga 2 tadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi. 

"Bu tizim orqali, kelgusida ushbu o`g`il-qizlar orasidan “Temurbeklar maktablari” o`quvchilari va Jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari, Vatanimizning chinakam posbonlari etishib chiqishiga ishonchim komil.  

Shuningdek, Oliy ta`lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi viloyat hokimlari bilan birga, bir hafta muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga 2 tadan oliygoh va sport maktablarini biriktiradi.

Jumladan, Yunusobod tumanidagi 21-son “Mehribonlik uyi”ga Axborot texnologiyalari universiteti va Moliya instituti, Chilonzordagi 22-son “Mehribonlik uyi”ga Jahon tillari universiteti va Toshkent pedagogika univertiteti biriktiriladi.

Birgina misol, Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyida Inxa universiteti bilan yangi tizim yaratgan.

Shu bois, biriktirilgan rektorlar Mehribonlik uylariga tarbiyachilar tayyorlash, kutubxona fondini boyitish, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga o`rgatish va ularni kelgusida oliygohlarga kirishiga ko`maklashish muhitini shakllantirishga, teatr va konsertlar tashkil etishga mas`ul va javobgar bo`ladilar",–dedi davlat rahbari.

Boshqa yangiliklar