AsosiyJamiyat

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar qadimiy shaharlarga sayohat qiladi

'Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar qadimiy shaharlarga sayohat qiladi'ning rasmi

Videoselektor yig`ilishi davomida Prezident Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari yurtimizning qadimiy shaharlariga sayohat qilishini ta`minlash bo`yicha mas`ullarga topshiriq berdi. 

"Oliygohlarning etakchi professor-o`qituvchilari haftada kamida ikki kun ushbu to`garaklarga kelib, bolalarni o`qitib beradilar. Buning uchun,  ularga alohida ustama to`lanadi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi sport federasiyalari bilan birga ikki hafta muddatda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport to`garaklarini tashkil etadi.

Viloyat hokimlari bir oy muddatda Mehribonlik uylaridagi bolalarning sport bilan shug`ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish,  zarur sport anjomlari bilan ta`minlashga shaxsan mas`ul bo`ladilar.

Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya viloyat hokimlari bilan birga bir hafta muddatda har yili yoz va qish mavsumlarida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar uchun Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo`qon, Termiz kabi qadimiy shaharlarga sayohat dasturini tasdiqlab, amalga oshirsin",–dedi Shavkat Mirziyoev.

Boshqa yangiliklar