AsosiyJamiyat

Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti— Shavkat Mirziyoev

'Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti— Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma`lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz » xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, shu sababdan «Sputnik V» va xitoy-o`zbek vaksinalarini O`zbekistonda ishlab chiqarish bo`yicha muhokamalar bormoqda. Prezident fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. «Vaksina olganlarga shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og`ir bo`lyapti», — dedi u.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev chorshanba kungi videoselektor yig`ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatning yomonlashganiga to`xtaldi va yana aholini koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi.

Davlat rahbarining ta`kidlashicha, O`zbekiston har bir fuqarosining hayoti uchun kurashishni davom ettiradi va bu uchun kerakli choralarni ko`radi.

Shavkat Mirziyoev yana bir marotaba fuqarolar o`z hayotlari va salomatliklari uchun mas`ul ekanliklarini eslatib o`tdi. Prezident aholini yana koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi va 29 iyul kuni O`zbekiston 3 million doza Moderna vaksinasini olishini ta`kidladi. Oldinroq xabar berilganidek, ushbu vaksinalar AQSh hukumati tomonidan COVAX dasturi doirasida beg`araz yordam sifatida yuborilmoqda.

«Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og`ir bo`lyapti. Ha, vaksinadan keyin kasallanish mumkin, lekin kasallik engil formada kechyapti», — deya qayd etdi u.

Davlat rahbarining ma`lum qilishicha, Rossiya rahbariyati bilan O`zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini qo`shma ishlab chiqarish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, o`zbek-xitoy vaksinasini ham O`zbekistonda ishlab chiqarish bo`yicha ishlar qilinmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina JSST ko`rib chiqishi uchun yuborilgan. Prezident ushbu vaksinani ishlab chiqarishga katta mablag`lar ajratilayotganligini ta`kidladi.

«Men bugun ertalab olimlarning tadqiqotini o`qidim: biz bu kasallik bilan hali kamida 10 yil kurashishimizga to`g`ri keladi. Shuning uchun „Sputnik V“ va o`zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni muhokama qilyapmiz. Shuningdek, o`zimizning vaksinamizni JSSTga yubordik. Bu uchun katta pullar ajratilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident aholining 14 toifasini majburiy emlash choralariga ham izoh berdi. Uning so`zlariga ko`ra, bu majburiy chora.

    Boshqa yangiliklar