AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 15 yoshli qiz bedarak yo`qoldi

'Qashqadaryoda 15 yoshli qiz bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Shahrisabz shahar Kunchiqar MFY, Osiyo ko`chasi 96-uyda yashagan, 2006 yil 13 oktyabr kuni tug`ilgan Ixtiyorova E`zoza Ixtiyor qizi 2021 yil 2 iyul kuni yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Alohida belgilari: bo`yi 165-170sm, bug`doy rangli, sochi qora, yuzi yumaloq, ko`zlari o`rtacha kattalikda bo`lib qora rangda, kipriklari kalta, qoshlari qalin qora rangda, ozg`indan kelgan, quloqlari o`rtacha kattalikda, burni o`rtacha kattalikda, lablari ingichka.

Egnidagi bo`lgan kiyimlari: qizil “paplin” kuylagi, oq koftasi, tuqilgan ko`rinishdagi qora rangdagi tuflisi (makas) bo`lgan.  

Ushbu shaxs to`g`risida ma`lumotga ega bo`lsangiz  75-522-77-77, 75-522-78-15, 99-580-82-90 raqamlariga yoki yaqin oradagi IIBga xabar berishingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar