Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo`limi hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro S.S. pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, tegishli hujjatlari bo`lmagan 435 dona “Remdessa remdesivir 100mg” nomli hamda 500 dona “Kyupen” nomli dori vositalarini xaridorga 181 mln so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






